ayollarga oid

UmmuRoziya
Постлар: 5
Рўйҳатдан ўтган: 20 ян 2019, 11:55

ayollarga oid

Пост UmmuRoziya » 05 Июл 2019, 11:20

Assalomu alaykum! Men bir joyda "Ayol kishini õz uyi yoki ota onasini uyidan boshqa joyda kiyimini yechishligi qattiq gunoh" ekanligi haqida (bir rivoyatmi hadismi aniq esimda yõq) õqigan edim, adashmasam Umar r.a.dan rivoyat qilinganmidi aniq bilolmayapman. Agar shu hadis bõlsa qaysi ma'noda tushunmadim. Masalan ayollar dõkonga borganda kõylakni kiyib kõrib sotib oladi. Yoki safarga chiqqanda, yoki bazi sabablarga kõra eri uzoq yillar davomida(жиэм)da bõlgan ayollar qanday yõl tutishllari tõğri bõladi ahir erlarini oldiga borib turishadiku. Yana hozir yoz mavsumida kunlar issiq faqat ayollar bor chõmilish joylariga borsa va (albatta kõylagi bn) chõmilsa keyin uni almashtirish uchun kiyimini echishga tõğri kelsa shu joizmi? Savolim noõrin bõlsa uzur sõrayman, lekin shu rivoyatni õqiganimdan beri hayolimdan nima qilish kerak degan õy ketmaydi. Agar bu hadis bõlsa iltimos tõliq yozib berselar va shunday holatda qanday yõl tutish kerakligi haqida tõliqroq ma'lumot berselar. Alloh rozi bõlsin.

«Фиқҳ»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 1 меҳмон