Ayol kishini majburiyati

Муяссар
Постлар: 1
Рўйҳатдан ўтган: 26 сен 2019, 20:32

Ayol kishini majburiyati

Пост Муяссар » 27 сен 2019, 12:49

Assalomu alaykum. Odinaxon opa. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Meni qiynab kelayotgan savol bor. Juda qiyin ahvoldaman. Iltimos yordam bering. Men satri avratdaman. Oliy ma'lumotli o'qituvchiman. Allohga shukur o'qituvchiman. Besh vaqt namozimni o'qishga harakat qilaman. Ammo ba'zan darslarim peshin namoziga to'g'ri keladi va uni qazosini o'qiyman. 1) ta'lim beraman deb namozim qazo bo'lyapti. Nima qilsam bo'ladi. 2) Allohga shukur turmush o'rtog'im ham islomni tushungan inson. Ammo ba'zan oramizda kelishmovchilik bo'ladi. Aytishga uyat, o'ta shaxsiy masalada. Chunki darsdan charchab kech kelaman, ovqat qilishga bazo'r ulguraman. Bu yoqda farzandlarim bor. Turmush o'rtog'imni istagini vaqtida bera olmayman. U kishi mendan hafa bo'ladi. Turli domlalarni ma'ruzalarini qo'yib berib sen gunohkorsan deydi. Buni men ham bilib qo'rqaman. Unda keling men ishlamay uyda o'tiray hamma aytganingizni qilaman desam unamaydilar. Sen o'zing ishlashni boshlagansan oxirigacha ishlaysan deydilar. Uy ta'minotida bolalarni (4 nafar) kiyim kechagi , harajatlari va o'zimni hamma asosiy harajatlarimni o'zim qilaman. Men u kishidan hech narsa olmayman. Kiyim kechak , yol harajatlari, uyni qarzini ham, hammasi o'zimni bo'ynimda. Shuning uchun tinmay norozi bo'lsalar yuragim siqiladi. Nima qilay? Ishlamay desam ruxsat bermaydilar. Ishlasam meni charchashim ularga yoqmayapti. O'zlari erkin savdogarlar. Asosan uyda dam oladilar. Menga yordam bering? Ishdan bo'shab olaymi? Unda yanada kattaroq to'palang bo'ladi. Yuragim siqilib ketdi. Iltimos buni ijtimoiy tarmoqqa joylamang. Chunki u kishi sizni kanalingiz a'zosilar. Hurmat bilan Muyaasar

«Динда саволим бор»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: MSN [Bot] va 6 меҳмонлар