qazosini tutaymi yoki yo'q?

Piece-of-pearl
Постлар: 2
Рўйҳатдан ўтган: 14 май 2019, 09:33

qazosini tutaymi yoki yo'q?

Пост Piece-of-pearl » 29 май 2019, 23:39

Assalomu alaykum. Menda bunday vaziyat bo'ldi. Doim hayzim 6 kun kelib,7 -kuni jigarrang ajralma bo'lardi va shuni g'usl qilib namoz o'qirdim. Ramazon oyida 6-kuni peshindan keyin to'xtadi. Kechki payt g'usl qildim,huftonni o'qidim. Ertasiga saharda turdim,ro'za tutdim va bomdodni o'qidim,bu payt hech qanday qon ham,ajralma ham yo'q edi. Ertalab soat 9 larda qon kela boshladi. Bu ajralma emas,miqdori o'rtacha,rangi qizil edi. Balki istihoradir degan hayolda ro'zamni ochmadim. Kechgacha qon to'xtamadi. Ertasiga saharda turganimda qon yo'qligini ko'rdim.va ro'za tutdim. Lekin g'usl qilishga ulgurmadim. Kun bo'yi qon ko'rmadim,g'usl oldim,ro'za va namozlarni davom ettirdim.ammo ikkilanyapman. Bir kun qob bilan,bir kun qayta kelgan qondan keyingi g'uslsiz tutgan ro'zam qabul bo'larmikin. Bu ikki kun uchun qazo tutishim kerakmi. Yana bir savol. Ramazon oyida 2 kun ginekologda davolandim. Bachadon bo'ynini moychechakli suvda yuvib,svecha tiqib qo'ydi. Bu payt ro'zador edim,ro'zam ochilib ketmadimikin.bu kunlar uchun qazo lozimmi.

«Турли масалалар»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 1 меҳмон