Shirk duolar

Qalbimda_imon
Постлар: 16
Рўйҳатдан ўтган: 10 ян 2019, 15:53

Shirk duolar

Пост Qalbimda_imon » 07 Июн 2019, 17:21

Assalomu alaykum varohmatullohi vabarokatuh! Qadrli ustoz, meni ko‘p tashvishga soladigan mavzu - qaynonamning duolari! Yaxshi duolar qiladilaru, orasida Zangibuvam Anbaronam pirla madadkor bo‘sin dib qo‘yadilar. Bunday duolar qilish mumkinmasligini etomiman. Xizr buvam yo‘ldoshin bo‘sin, shunga o‘xshash duola. Duolar qilinvotganda man ham duoga qo‘l ochib turaman. Qanday tushuntirishim mumkin? Ba’zida bollarim qaysarlik qilsa, mazasi bo‘lmasa qo‘shni ayollaga dam soldirib chiqin, ko‘zmunchoq taqib qo‘yin didila, shunaqa paytlada nima qilishim mumkin? Qo‘shni ayolga birmarta Qur’on o‘qib dam sobqo‘yin dib chiqsam, Qur’onniyam tajvidsiz o‘qib tasbeh bilan sekin sekin urib urib dam soldila, shundan keyin opchiqmadim. Qaynonamga shulani qanaqa qilib tushuntirishim mumkin, iltimos maslahat bering! Boshqa oila a’zolarimizam shu narsalaga ishonishadi.

«Турли масалалар»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 1 меҳмон