Farzand tarbiyasi

Ummu Fotimaa
Постлар: 6
Рўйҳатдан ўтган: 11 авг 2019, 09:53

Farzand tarbiyasi

Пост Ummu Fotimaa » 15 авг 2019, 17:56

Assalomu alaykum! Meni ikki nafar qizim bor biri 1yoshu 3oylik, ikkinchisi 3oylik. Farzandlarimni iloji boricha soliha, ibodatli , mo'mina qizlardan bo'lishini istab xarakat qilaman. Lekin baribir xar bir ishda kamchilik bo'lganidek menda ham kamchiliklar bo'lib turadi. Bolalarga namuna bo'lishim uchun O'zim xam hali ko'p o'qishim kerak. Lekin xar doimgidek yosh bola, va uy ishlaridan ortmayman. Ko'p o'ylayman, uy ishlaridan ortmay qizlarimni tarbiyasida kech qolib ketmay deb. Shu farzandlarimni islomiy muhitda yaxshi tarbiyali bo'lib o'sishlari uchun asosan nimaga e'tibor berishim kerak? Bolalarni xozirgi vaqtda qattiq urishib xam bo'lmaydi xammasi injiq qaysar. Katta qizim doim uyqusida yeg'lab chiqadi. Uyg'onganida xam yeg'lab uyg'onadi. Bag'rimga bosib ovutaman. Shu qaysarliklarni bartaraf qilish yo'llarini ham ko'rsating iltimos!

«Турли масалалар»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 1 меҳмон