Turmush qurishda ikkilanish

Muslimah_Y
Постлар: 1
Рўйҳатдан ўтган: 29 ноя 2019, 10:49

Turmush qurishda ikkilanish

Пост Muslimah_Y » 30 ноя 2019, 01:15

Assalomu aleykum, yoshim 24 da. Turmush qurish arafasidaman, ammo uyimdagilar ko'ngil qo'ygan insonimga turmushga berishmoqchi emas. Sababi oilamiz ziyoli va meni ham yaxshi, ziyoli oilaga uzatishmoqchi. Ko'ngil qo'ygan insonim esa o'qimishli emas, oilasi ham o'rta hol. Ammo uydagilari ham o'zi ham yaxshi insonlar. Mana 3 yildirki sovchi jo'natadilar lekin uyimdagilar har xil bahona bilan rad etishmoqda. Ko'p bora onam bilan bu masalada gaplashdim, lekin meni kalta o'ylashlikda ayblab, kelajakda qiynalib yashashimni takrorlamoqdalar. (Uzatsak ham chin yurakdan xursand bo'lib uzata olmaymiz demoqdalar) Istixora namozlarini o'qidim, har xil tushlar ko'rdim (ba'zida qora rang, ba'zida esa sariq, pushti rang) aynan nimaga belgi ekanligini bilolmayapman, ko'nglimda ham ikkilanish bor. Asosiy maqsadim ota onamni rozi qilib turmushga chiqish ammo ko'nglimga ham qarshi chiqib, boshqa bir begona inson bilan qanday yashay olishimdan havotirdaman. Iltimos bu vaziyatda xato qilib qo'ymasligim uchun maslaxatingizni ayamasangiz. Oldindan rahmat, Olloh sizlardan rozi bo'lsin!

«Руҳшунос маслаҳати»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 3 меҳмон