Aybdorlik

hamidova
Постлар: 2
Рўйҳатдан ўтган: 22 апр 2019, 15:57

Aybdorlik

Пост hamidova » 08 май 2019, 11:20

Assalomu alekum. Men yaqinda 28 haftalik homilamni ichimda yuragi to`xtab qolganini bildim. Hozirda shifoxonadan chiqdim sog`ligim yahshi tug`ish jarayoni yahshi o`tdi, ammo ruhiy holatimni yahshilash qiyin bo`lyapti Allohning irodasi tushunib turiman. Lekin o`zimni aybdor xis qilaman Alloh bergan ne`matni asrayolmadim, shifokor ko`rigidan o`tib yurardim ba`zi ko`rsatmalarni orqaga surardim. Barchasini qilganim balki shunday bo`lmasdi digan xayollar hech ketmaydi. Yaqinlarim seni jannatga tortib kiradi deb ovutishadi lekin meni o`ldirdin asramadin deb yonimga kelishidan Allohni oldida farzandim oldida o`zimni aybdor his qilyapman. Yena shu hol takrorlanadi degan qo`rquv, aybdorlik xislaridan qutulolmayapman.

«Руҳшунос маслаҳати»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 2 меҳмон