Ruhiy holat

Dilrozbonu
Постлар: 1
Рўйҳатдан ўтган: 20 дек 2018, 15:34

Ruhiy holat

Пост Dilrozbonu » 10 май 2019, 13:53

Assalomu alaykum. Menga maslahatingiz juda zarur. Yoshim 20 da hozirda institut talabasiman. Men o'zimni doim g'amgin va tushkun holatda his qilaman aslida bunday bo'lishi xohlamayman. Birdagina xayolchan bo'lib qolaman, tez tez o'tmishda qilgan xatolarim meni qiynaydi va buni hech kimga aytolmayman. Kursdoshlarim kulsa yoki hazillashsa darrov o'zimga olib o'ylab, xafa bo'lib yuraman. Ko'pincha qilgan kunlik rejalarim amalga oshmaydi. O'zimga bo'lgan ishonchim juda past. Umuman bu hayotdan tezroq ketish xayolimga kelaveradi. Boshim tez tez og'riydi ko'z oldim qorung'ulashib holsizlanib qolaman, lekin qon tahlilim juda yaxshi. Ba'zan o'ta asabiylashib yaqinlarimni xafa qilaman va bundan o'zim afsuslanib yuraman. Men o'zimni qanday isloh qilishni, nimadan boshlashni bilmayapman. Olloh qilayotgan ishlarizdan rozi bo'lsin!

«Руҳшунос маслаҳати»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 1 меҳмон