Tarbiya yo'llari

Rukhshonayuldasheva
Постлар: 1
Рўйҳатдан ўтган: 01 Июн 2019, 17:29

Tarbiya yo'llari

Пост Rukhshonayuldasheva » 28 Июн 2019, 10:27

Assalomu alaykum. Mening yaqinda 5 yoshga kiradigan qizim bor. Xarakteri og'irroq, ya'ni sal yaxshi gapirsak haddan ortiq erkalanib ketadi qattiqroq gapirsak yig'lab arazlaydi ,juda sho'x (uydagilar ham aytadi). Me'yorda gapirsam eshitmaganday yuradi. Ko'p gapiradi lekin umuman eshitmaydi. Boshqalarni gapini eshitishga, aytganini qilishga har xil yo'llar bilan majburlaydi. Aqlligim ciroyligim deb rag'batlantirib boraman lekin ba'zan injiqliklariga chidolmay qolaman. Ayniqsa o'g'lim tug'ilgandan beri. Ukasiga zarar yetkazmoqchi bo'layotganda qattiq urushaman. Dadasi avvallari nima qilsa ham ko'tarar edilar hozir dadasi ham kam e'tibor qiladigan qochadigan bo'lib qolganlar. Uni kelajagidan ba'zan xavotir olaman. Katta bo'lganida atrofdagilar uni hamma qiliqlarini ko'tarmaydilarku. Ko'ngli og'rib qolishidan, odamlarga qo'shilolmay qiynalmasmikin deb xavotirdaman. Uni qanday og'irroq bosiqroq bo'lishga o'rgatsam ekan?

«Руҳшунос маслаҳати»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 3 меҳмон