Gumonsirash

hamidova
Постлар: 5
Рўйҳатдан ўтган: 22 апр 2019, 15:57

Gumonsirash

Пост hamidova » 02 Июл 2019, 08:21

Assalomu alekum. Turmushga chiqganimga 9oy bo'ldi, o'zimni sinfdoshimga turmushga chiqganman, meni qattiq sevib uylanganlar. Orada bir farzandimizni yo'qotdik, Allohga shukur hozir yena homiladorman, meni erimga bo'lgan gumonlar hich tark qilmaydi aslida yomon inson emas, sigaret chakishni boshladi farzandimizni yo'qotganimizdan keyin, orada yolg'on gapirishini bilib qoldim, menga hiyonat qilmaydi meni sevadi, men unga ibodatli taqvoli inson deb turmushga chiqgandim aslida ibodatlarga beparvoroq inson ekan, men unga tegishimga sabab bo'lgan omillarni bittasi ham qolmadi. Undan gumon qilaveraman, ko'chaga chiqib ketsa qattekan deb asabiylashib ketaman, o'zimni bo'sh qo'yolmayapman. Hamma gaplari menga yolg'on bo'lib tuyuladi shularni deb ko'p janjalashamiz. Gapirsam sen vas vas bo'lib qolgansan men senga hiyonat qilmayman aldamayman deb aytadilar. O'zimni yengil his qilishni hohlayman, aslida muammo o'zimdaligini sezib turaman erimga juda ham bog'lanib qolganman. Menga bir maslahat bering, qanday mashqlar yoki kitoblar o'qisam o'zimni yengil bo'sh erkin gumonlarsiz his qilishni boshlayman. Unga bo'lgan qattiq bog'lanishni yo'qotsam bo'ladi. Aslida otamdan mehr olmaganman balki shundan bo'lsa kerak deb o'ylab qolaman. Jinsiy taraflama ham hech qanday his tuyg'ularni sezmayman. Munosabatlar haqidagi savol javoblarni o'qib chiqdim, negativ energiyani qanday ketqazsam bo'ladi, hamma menga nima qilish kerak emasligini gapirishadi aslida nima qilishim kerak shuni menga tushuntirsangiz. Oldindan katta rahmat.

«Руҳшунос маслаҳати»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 3 меҳмон