Farzandlarimni tarbiyasini oʻzim buzdimmikin ?

Ilhom Abdurahmon
Постлар: 12
Рўйҳатдан ўтган: 22 окт 2019, 10:16

Farzandlarimni tarbiyasini oʻzim buzdimmikin ?

Пост Ilhom Abdurahmon » 04 ноя 2019, 17:19

Men 28 yoshdaman. Turmushga chiqqanimga 4 yil bòldi. Hudoga ming shukur 3 ta farzandim bor. Faqat kattasi 3 yosh. Ikkinchisi 2 yosh va kichigi 5 oylik. 3 yil qaynana qaynatam b.n yashadik bilasiz oilada muommolar kelishmovchiliklar bòladi. Men ularga hecham gap qaytolmayman. Faqat alamimni bolalarimdan olaveribman sal shòxlik qilsa xam ularni baqirib uraveribman. Mana xozir biz b.n muloqot qiladi bir biri òynamoqchi bòladi lekin judayam alamzada qòrqoq b.b qolgan. Yaxshi gapga kònmaydi sal narsaga yiģlab baqirib janjal qilib bir biri b.n urushib ketadi. Yaqinda kattasi boģchaga chiqdi. Boģcha opalari ham shikoyat qilyapti bolalar b.n sabab besabab urushaverarkan. Iltimos maslaxat beringsizlar.
Qanday qilib tarbiyasini yòlga qòyib olsam bòladi.

«Руҳшунос маслаҳати»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: Google [Bot] va 2 меҳмон