Qizimning xarakteri

Mufliha Masrurova
Постлар: 3
Рўйҳатдан ўтган: 12 апр 2019, 22:50

Qizimning xarakteri

Пост Mufliha Masrurova » 05 ноя 2019, 10:25

Assalomu alaykum! Savollarimizga erinmay javob berayotganingiz uchun rahmat, Alloh ajrini ko'paytirib bersin!
4yoshli qizim bor. Bog'chaga bormaydi. Hamma ishlarda menga yordam beradi, ukasiga qaraydi, unga mehribon. Uyda o'zim harflar, , sonlar, rang va shakllarni o'rgatganman. kichik sura va duolarni yodlatganman. o'zlashtirishi yaxshi, alhamdulillah.
Lekin nimanidir uddalay olmasa, yig'lab jazavaga tushib, qo'lidagi narsalarni otib yuboradigan odati bor. unga yaxshi gapirib ham, qattiqroq gapirib ham ko'rdim. lekin foydasi bo'lmadi. hammayam sekin sekin o'rganadi, birdan qilomidi, deb tushuntirishga harakat qildim. baribir foydasi bo'lmayapti. nima maslahat berasiz? qanday yo'l tutay?

«Руҳшунос маслаҳати»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 1 меҳмон