Болалар онгини ривожлаш

Horun Ar Rashid
Постлар: 3
Рўйҳатдан ўтган: 23 дек 2018, 11:50

Болалар онгини ривожлаш

Пост Horun Ar Rashid » 01 фе 2019, 22:12

Ассалому алекум хурматли. Шифокор маслахати, ходимлари. Мени фарзандим дарсликларни урганишда хотираси сустрок лекин уй ишларида яхши.Хотирасини ривожлан тириш учун ,табии махсулотлар йоки табии дорилардан фойдаланса буладими.Улар асосан кайсилар жавобингиз учун олдиндан катта рахмат.

Шифокор
Постлар: 482
Рўйҳатдан ўтган: 06 март 2017, 06:39

Жавоб: Болалар онгини ривожлаш

Пост Шифокор » 13 окт 2019, 01:09

Va alaykum assalom .Hozirgi kunda nafaqat kattalar , balki bolalar orasida ham uchrab turuvchi holat haqida savol beribsiz . Parishonxotirlik sabab kutilmaganda qator muammolar kelib chiqaveradi. Ammo shunisi quvonarliki, o‘z vaqtida berilgan e'tibor tufayli eslash qobiliyatini tiklash va mustahkamlash mumkin. Quyida e'tiboringizga havola etilayotgan mahsulotlar xotirani yaxshilar uchun g‘oyat foydalidir. Foyadli mahsulotlar:
Baliq. Bu mahsulotni ko‘proq aqlli bo‘lishni istaganlar iste'mol qilishlari lozim. Baliq miya hujayralarining uzoq vaqt g‘ayrat bilan ishlashi uchun kerak bo‘lgan moddalarga boy. Shuningdek, tarkibida ko‘p miqdorda fosfor, yarimto‘yingan omega-3 yog‘ guruhi mavjud bo‘lib, u miyadagi qon ta'minotini yaxshilaydi.
Karam. Miya faoliyatini me'yorlashtiradi, asab tizimidagi yosh bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etishga yordam beradi.
Pomidor, tarkibidagi likopen antioksidlovchisi miya katakchalariga ziyon yetkazuvchi va aqli pastlikka olib keluvchi erkin radikallardan xalos bo‘lishda yordam beradi.
Olma sharbati tarkibidagi modda miya katakchalarini oksidantli stress (xotiraning va aql- idrokning susayishi)lardan himoyalaydi. Olma va olma sharbati keksalikda aql tiniqligini saqlab qolishga yordam beradi.
Yong‘oq dofaminga boy bo‘lib, fikrlash qobiliyatini yuksaltiradi. Shuningdek, uning tarkibidagi litsin miya faoliyatini yaxshilaydi va xotirani kuchaytiradi. Besh dona yong‘oq-bu bir sutkalik me'yor. Shuningdek, yong‘oqlar miyaning barvaqt qarib qolishining oldini oladi Sari.msoq tarkibida miya hujayralarini faollashtiruvchi moddalar mavjud. U nafaqat xotirani tiklaydi, shu bilan birga miyaning yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlariga ham to‘sqinlik qiladi. Rux xotirani yaxshilaydi. U baliq, qo‘zoqli (struchkovoy) mahsulotlar va non tarkibida mavjud. Yod. Miyaning normal faoliyati uchun muhim hisoblanadi. Aqliy qobiliyat va kayfiyatga ta'sir etadi. Baliq, karam va xurmo tarkibida ko‘p miqdorda yod mavjud. Bor. Agar u yetishmasa, miya faoliyati pastlab ketadi. Shuning uchun ham olma, nok va uzum kabi mevalardan ko‘p miqdorda iste'mol qilib yuring. Magniy. Nerv impulslarini o‘tkazishga javobgar. Yong‘oq, loviya, soya, grechka, kakao va lavlagi magniyning koni hisoblanadi. Temir. Eslab qolish layoqati va diqqatning jamlanishi uchun juda muhim. Temir ko‘p miqdorda go‘sht mahsulotlari, quruq mevalar va ko‘k sabzavotlar tarkibida mavjud. Vitamin S. Na'matak, qora qarag‘at (smorodina), chetan (ryabina), chakanda (oblepixa), sitruslar, qizil qalampir, yerqalampir, petrushka, piyoz, shivit (ukrop) va karam tarkibida mavjud. V vitaminlar guruhi. Asab tizimini uyg‘unlik bilan ishlashi uchun muhim. V1 - kepak, no‘xat, yormalar, yong‘oq, jigar, tuxum sarig‘i va sutda, V12 - go‘sht, mol jigari, baliq mahsulotlari tarkibida ko‘plab uchraydi. Quyidagi mahsulotlarni muntazam iste'mol qilish orqali o‘zingizda parishonxotirlikdan xalos bo‘lishingiz mumkin: Boshpiyoz- miya hujayralarini a'lo darajada kislorod bilan to‘yintiradi. Yasmiq (chechevitsa) doni - aqlning tiniqligini ta'minlaydi va fikrlash qobiliyatini tezlashtiradi. Limon - intellektual salohiyatning tiklanishi va mustahkamlanishida yordam beradi. Shuningdek, yalpizli choy ham g‘oyat foydali. Chunki yalpizning hidi miyaning faoliyatini rag‘batlantiradi va xotirani mustahkamlaydi.

Шифокор
Постлар: 482
Рўйҳатдан ўтган: 06 март 2017, 06:39

Жавоб: Болалар онгини ривожлаш

Пост Шифокор » 13 окт 2019, 01:12

Боланинг ёшига қараб ва невропатолог кўриги ва тавсияси асосида қуйидаги ноотроп препаратлардан бирини бериш мумкин : Интеллан ( сироп ва капсула куринишида ) , Ноотропил , Фенотропил .


«Шифокор маслаҳати»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 2 меҳмон