Polartritga davo bormi?

Imomali Akbarov
Постлар: 1
Рўйҳатдан ўтган: 23 Июн 2019, 11:02

Polartritga davo bormi?

Пост Imomali Akbarov » 28 Июн 2019, 17:21

Assalomu alaykum hurmatli shifokor opa!
Shu yilning boshlarida qish faslida qo'llarim og'riydigan bo'lib qoldi. Sovuq suvga teksam og'riq kuchayar edi. Faqat og'riq bor edi. Shishlar, qotib qolishlar kuzatilgani yo'q. Shifokorga murojaat qildim. Polartritga moyillik bor deb tashxis qo'yishdi. Kerakli choralarni ko'rib dori-darmonlarni qabul qildim. Hozirda Allohga shukur og'riqlarim yo'qoldi.
Savollarin shulardan iboratki, mening holatimda bu darddan butunlay xalos bo'lish mumkinmi? 2. Polartritning o'zidanchi? 3. Yoki har doim shifokor ko'rigida bo'lib muolajalarni olib turishim kerakmi? 4. Hozirda hech qayerimda og'riq sezmayapman. Yog'ingarchilik boshlanib sovuq tushsa yana og'riqlar paydo bo'ladimi? 5. Buvimda polartrit bor. Lekin kasallik paydo bo'lganida biz tug'ilib bo'lganmiz. Bu kasallik nasldan o'tadimi? Kelajakda farzandlarimga ham o'tishi mumkinmi? 6. Yana qaytalanmasligi uchun qanday choralar ko'rsam bo'ladi? 7. Shifokor sanatoriyaga borishimni aytdi. U yerda qanday muolajalar o'tkaziladi? Foydalari qanday?
Shular haqida to'liq ma'lumot bersangiz. Savollarim ko'payib ketdi uzr. Lekin shularni to'liqligicha bilmoqchi edim. Javobingizni kutib qolaman. Bu murojaatimni kanalga qo'ymasangiz degandim. Oldindan katta rahmat. Ishlaringizning rivojini bersin! Alloh yor bo'lsin!

«Шифокор маслаҳати»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 3 меҳмон