farzand tarbiyasi

muhammadismoil
Постлар: 4
Рўйҳатдан ўтган: 07 Июн 2018, 05:43

farzand tarbiyasi

Пост muhammadismoil » 10 Июн 2018, 14:08

Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Mening 2 yoshli o'g'lim va 8 oylik qizim bor. O'g'lim juda ham qobiliyatli. Kichkina bo'lsa ham uy ishlarida manga yordam beradi. Hamma ishni o'zim qilsam deydi. Hali to'liq gapirib keta olmadiyu, lekin gaplarini tushuntira oladi. Odamlar orasida umuman gapirmaydi. Singlisini juda ham qiynaydi. Faqat uradi. Juda ayyor. Ba'zan bir ishni qilib singlisiga aybni yuklaydi. Yolg'on gapirishni boshlayapti nazarimda. Oilamizda yolg'on gapirilmaydi. Qayerda xato qilayotganimni bilolmayapman. Og'limni oldida qizg'anmasligi uchun singlisini ko'p erkalamayman. Yaxshi ham gapiraman, qattiq ham gapirib ko'rdim, ammo singlisiga nisbatan munosabatini o'zgartira olmayapman. Ba'zan quchoqlab, erkalab yaxshi ko'radi kamdan-kam hollarda. Oyimnikiga yuborsam, uyga kelgandan so'ng singlisini sog'inib erkalaydi. Ko'p kitob o'qib beraman eshitadi. Chiroyli qilib namoz ham o'qiydi. Uxlashidan oldin ertak eshitadi. Legolardan juda ham ajoyib narsalar yasaydi. Ham sho'xligi juda ko'p. Ham ayyorligini oxirgi paytlarda sezyapman singlisiga nisbatan. Nima qilsam bo'ladi maslahat bering. Iltimos. Menga pedagog va ruhshunos maslahati kerak.. Alloh ajringizni bersin.

«Педагог маслаҳати»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 0 меҳмонлар