Ruhiy toliqish

Malika Ravshan qizi
Постлар: 1
Рўйҳатдан ўтган: 31 март 2018, 16:06

Ruhiy toliqish

Пост Malika Ravshan qizi » 25 Июн 2018, 17:10

As Salamu Alaikum. Yoshim 30 lar atrofida. 3 farzandning onasiman. Ohirgi tugruqdan keyin hech ham ozimni tiklay olmadim, vaholanki bunga 4 yil bolyapti. Doimiy ravishda toliqish,dangasalik,1 kun avval o'zim uchun reja tuzib olamanda ammo erta kun kelishi bilan hech narsa qilgim kelmay qoladi. Kunning yarmi o'tganda menda aktivlik paydo bo'ladi,ammo samarasiz.Biz chet davlatda yashaymiz. Bu yerda qarindosh,yaqinlar yo'q. Shunday holatda internet olamiga sho'ng'ib ketaman. Yaqinlarim bilan suxbat qurgim keladi ammo bu yerda farzandlarim mendan yetarlikcha psixologik,mehr,tarbiya,ularning ustilarida ishlash kabi men tarafdan qilinishi kerak bo'lgan majburiyatlarimni ololmayaptilar. Bunday vaqt vijdonim qiynaladi. Farzandlarimga yaxshi tarbiya bera olmayotganga oxshab qolaman. Ammo 365 24 soat hamma vaqt farzandlar bilan bo'laversangiz zerikishmi bilmayman nimadur hosil bo'lyapti. Nima qilay majburmiz shu sharoitga hozir.Vrachga ham ko'rindim hamma taxlillarim joyida. 1 chi farzandimdan keyin bunday holatni kuzatmaganman,juda ham chaqqon,ham farzandimni ham o'zimni ustimda ishlardim. Xozir hatto sport dietani,o'zimga e'tibor berishni ham unutib qo'yyapman. Menda hafsala degan his yoqolib borayotganga oxshayapti.1 kitobni oqishni boshlaymanda ammo yarmiga yetgach tashlab ketaman, yoki farzandlarim bilan dars qilishga ularga ilm o'rgatamanda ammo yana ertasiga tashlab qoyaman,sport qilsam yana 2 3 kun otgach tashlayman,dieta 1 kun ushlasam yana ttashlayman. Aktiv ham oilasida ham ishda o'z o'rnini topgan ayollarga havasim keladi. Ammo buning tagida katta mexnat sabr yotishini ham bilaman.Menga maslaxat bering nima qilsam mana shu holatimdan chiqib ketaman. Rahmat

«Руҳшунос маслаҳати»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 1 меҳмон