Sabrning chegarasi

Ummu Solihabonu
Постлар: 15
Рўйҳатдан ўтган: 20 апр 2018, 15:32

Sabrning chegarasi

Пост Ummu Solihabonu » 27 фе 2019, 14:30

Assalomu aleykum, muhtarama ustoz! Savol emas maslahat söramoqchiman sizdan. Men hozirgi kunda 2ta bolam va erim bn Toshkentda öz uyimizda yashaymiz,bu bn uy joy muammosi yöq demoqchiman.Turmush örtog'im asli surxondaryolik, juda nufuzli oliy öquv yurtini tugatgan bölsak ham meniku qat'iyan ishlashimga qarshilik qilib,ustiga ustak özlari ham soha böyicha ishlashni, ayniqsa Toshkentda yashashni xohlamaydilar. Shu sabab köchib kelganimizga 4yil bölgan bölsa aksar vaqtni vaqtinchalik tijorat ishi bn ötkazdilar. Endilikda bu uyni sotib ota yurtimga ketamiz deyaptilar. Men asli Buxorolikman, tög'ri bu yerda ham 1 ta singlimdan boshqa hech kimim yöq, ammo Surxondaryoga ketishni mutlaqo istamayman. Buni sababi judayam köp-Men u yerga kelin bb tushgach 3yil yashagan bölsam, shu vaqt mobaynida 1 martagina borishga ruhsat berishdi. Men va 2ta singlim, 1ta ukamni 20 yildan buyon yolg'iz özlari tarbiyalagan otamni atigi 1marta kelganida mensimay, kambag'alligidan, opkelgan narsalari ustidan kulib, hech kim oldilariga chiqmqgan ham. Otam bechora yig'lab yig'lab qaytganlar. Yana kamiga bu oila shundayki, qiz bolaning öqigani yoki ishlashi otasining boqolmaganidan deb qarab, oiladagi qizlarga maktabga borish ham hatto nomiga, kiyimlar,taqinchoqlar körgazmasi uchun. Xullas, birodarlar orasida yaxshi yeb ichish, qösha qösha uy joy va mashinalar olish uchun kimözarga poyga. Boshqa kelinlarning ota uyi ham aynan shu, lekin menga bu juda og'ir tuyuladi, özimni havodagi baliqday his qilaman. Qizimga ham mehri yöq ularni, ayniqsa qaynotam uncha xushlamaydilar. Shu sabab erim bn ajrashmasam ham, alohida yashasammi bolalarim bn deb turibman. Mayli u yerda uylansalar ham roziman, faqat bolalarim otasini körmay ösishi tarafdori emasman. Özim onamdan erta ajraganman. Nima qilishga boshim qotib qoldi. Yana shu narsani aniq bilamanki, men ketyapmiz butunlay desam, otam meni Alloh körsatmasin oq qilib yuborsalar kk, chunki shu erimni deb köp köngillarini og'ritganman. Tinmay Allohga istig'for aytyapman, ketishni xohlamayman, tinchgina xotirjam yashashni xohlayman. Maslahat bering, iltimos...

«Руҳшунос маслаҳати»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 1 меҳмон