Ro'mol o'rash

Ruxangiz
Постлар: 1
Рўйҳатдан ўтган: 15 май 2019, 10:37

Ro'mol o'rash

Пост Ruxangiz » 16 май 2019, 04:31

Assalomu aleykum!Ollohim ilmingizni ziyoda qilsin.24 yoshdaman.2 bolaning onasiman.Oilam tinch Ollohga shukur.1 oydan beri ro'mol o'rayapman.Erim,qaynona,qaynotam rozi.Lekin o'zimni uydagilar mendan xafa.Bu ishingdan rozi emasman deyaptilar.2 oydirki uyimda halovat yo'q.Har kuni shu mavzu.Oxir oqibat "Eri buni majbur qilyapti"deb ajratib olishmoqchi bo'lishdi.Bilaman Ollohni farzi ustun har narsadan.Buni muhokama qilib bo'lmaydi.Kuni kecha o'z uyimga borsam oyim qo'l telefonimni olib,hech qayerga ketmaysan deb turib olishdi.Menga har xil haqoratlar qilishdi.Otamning salomatligi og'irlashdi.Ota, onam oq qilishgacha borishadi.O'rtada kelishmovchilik,urush,janjal bo'lishi aniq.Onam"menga va'da ber,yechib tashlayman deb"dedilar,"bo'lmasam hech qayerga yubormayman olib o'tiraman"deyishdi.Nima qilishimni bilmay va'da berdim.Lekin vijdonim qiynalyapti.O'z ota onamdan muborak ramazon oyida zulm ko'rdim.Ularning aytgan gaplarini Ollohning o'zi kechirsin.Hozirda nima qilishni bilmayman.Qaynonam,qaynotam"Bolam niyatingiz o'sha niyat,siz siqilmang.Ota onagizni toblari qochib qolsa nima qilasiz.Sizni hamma yeb bitiradi"dedilar.Men sizga "yeching ro'molni deya olmayman"deyaptilar.Xo'jayinim ham hayron.Nima qilishlarini bilmayaptilar.Hayotdan ko'nglim qolgandek.Hechkim bilan gaplashgim ham kelmayapti.Man faqat 1 narsani o'ylayapman.Ertaga Olloh oldida nima deyman?Shu savol meni qiynayapti?Oyim meni eshitishni ham xohlamayapti?"Sen qachondan bunaqa bo'lib qolding,Olloh odamni yuragida bo'lsin,yuraging toza bo'lsin,sen nima gunoh qilding hali" deydilar.Men sira ularga tushuntirib berolmayapman.Maslahat bering,men muhtojman maslahatingizga.Rahmat.

«Турли масалалар»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 0 меҳмонлар