Qanday yo'l tutsam to'g'ri bo'ladi

Zarnigorhaydarova
Постлар: 3
Рўйҳатдан ўтган: 10 Июн 2019, 20:30

Qanday yo'l tutsam to'g'ri bo'ladi

Пост Zarnigorhaydarova » 13 Июн 2019, 13:20

Assalomu alekum opajon. Sizning maslahatingizga juda muhtojman. :?: 10 yil bo'ldi shu xonadonga kelin bo'lganimga. Shuncha yildan buyon kurashaman xoxlayman shu uyimdagilaram iymonli bo'lishlariga lekin umuman hech narsaga erisholmadim. Kelin bo'lib kelgan paytlarim ramazon oyida ham aroq ichishardi. namoz o'qib ro'za tutsam mensishmasdi. Hozir esa ancha o'rganishdi ushbu oyni hurmat qilishni. Meni amallarimni qabul qilishdi. Lekin harom luqmadan, g'iybatdan qaytidhmaydi. Xojayinimga kop aytaman xudodan qo'rqishlikni lekin ota ona shunday bo'ldiki u kishi ham unchalik iymonlari mustahkam emas. Bollarimni ham tarbiyasiga qiynalaman. Dasturxondan duo qilib tur, ozingdan kattaga hurmatsizlik qilma deyman. Hechqisi yoq hali bola bu deydila bobo bibisi. Shuning uchun shaharga ishlashga ketamiz deb , alohida turaylik deb yalinaman xojayinimga. U kishi ham endi endi farqiga boryaptila kop narsani chiqmoqchi bo'lyaptila lekin qaynonam janjal qiladila eshitib. Manga qarashga majbursan 1 ta ogilsan deydila. Man yasholmayapman iymoni sust odamlar orasida. Man sabr qildim shuncha yil lekin bollarim katta bo'lyapti tarbiyasiga juda qiynalyapman. Alohida bolib chiqsak to'g'ri yo'l tutgan bo'lamanmi. Yoki qazoi qadarimga rozi bo'lib iymoni sust odamlar orasida bollarimni amallab tarbiyalab yuraverganim maqulmi.

«Руҳий тарбия»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 1 меҳмон