Homiladorlik va surunkali tonzillit

nigina xonim
Постлар: 1
Рўйҳатдан ўтган: 29 авг 2019, 06:46

Homiladorlik va surunkali tonzillit

Пост nigina xonim » 31 авг 2019, 22:53

Assalomu alaykum hurmatli shifokor opa. savollarga berayotgan beminnat javobingiz uchun rahmat Olloh ajrini ko'paytirib bersin.
katta farzandimGA B.M.F tashxisi qo'yilgan hozirda yurmaydi eshitadi lekin gapirmaydi aqli zaif. 1chi farzandimdan keyin qonimda torch infeksiya aniqlangan davolanishga ulgurmasdan 2farzandimga homilador buldim 2chi farzandim soglom. hozirda 3chi farzandimga homiladorman. davolanmadim infeksiya uchun. homilam 5oylik. oyimdan utganidan beri meni surunkali tonzillit qiynaydi doim tomog'im va qulog'imda og'riq bor . 3marta davolandim yaxshi bo'lganday bo'lamanu qaytib qo'zg'aydi. Har oy UZI tekshiruvidan o'tib turaman homila rivojlanishi yaxshi deyishadi UZI qiladigan shifokorlar. Yaqinda QVPdan skrining markaziga qon topshirish uchun yo'llanma yozib berishdi qon topshirdim 2haftadan beri javobi chiqmabdi hali . Savolim: agar homilada biror nuqson bo'lsa o'sha qon analizidan yoki UZI tekshiruvlaridan bilsa bo'ladimi? Skrining markazda qilinadigan qon analizidan qanday nuqson va kasalliklar aniqlanadi? Yoki yana biror tekshiruvlardan o'tishim kerakmi? 8yildan beri 1chi farzandimga qiynalaman doim Ollohimdan sog'lom farzand berishini so'rab duo qilaman lekin yuragimda qandaydir qo'rquv bor. tonzillitga qanday chora ko'ray doim qaytalanmasligi uchun? javob uchun oldindan rahmat.

«Шифокор маслаҳати»га қайтиш

Ҳозир форумда онлине фойдаланувчилар

Ҳозир форумда: рўйҳатдан ўтган фойдаланувчи йўқ va 4 меҳмон