Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм.
Аллоҳ таолога битмас-туганмас ҳамду санолар бўлсин.
Пайғамбаримизга мукаммал ва батамом салавоту дурудлар бўлсин.
O’zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi
Islomshunoslik fakulteti 4-bosqich
Islom Huquqi guruhi talabasi
Saidhanbaleva Soliha Saidafzal qizi
saidhanbalevasoliha@gmail.com Tel:+998901336103
Biz butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz.
Shavkat Mirziyoyev
Tarixga oid yozilgan manbalarda Abu Hanifaning hayotiga tegishli ma’lumotlar yetarlicha yoritilgan. Tabaqot va tarojim haqidagi kitoblarning hech biri allomaning tarjimai holidan xoli emas. Bundan tashqari uning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlab yozilgan mustaqil asarlarni ko‘plab topish mumkin. Qisqasini aytganda, Abu Hanifaga berilgan ta’rif va tavsiflar uning hayotidagi hamma jabhalarini qamrab olgan va tadqiqotchi bu borada yangilik qilishiga ehtiyoj qolmagan.[1] Shunday bo‘lsa ham bitiruv malakaviy ishi mavzusi Allomaning faoliyati va u kishi asos solgan Hanafiylik mazhabida sahobalarning o’rni to‘g‘risida bo‘lgani uchun uning hayoti haqida qisqacha so‘z yuritiladi va fiqh bilan shug‘ullanib, faqih va mujtahid sifatida tanilishlarida bevosita sahobalarning o’rni katta bo‘lgani ham yoritiladi.
No’mon ibn Sobit tarixga ikki sharafli nom bilan kirdi.
Tarojim va manoqib kitoblarida bu boradagi ma’lumotlar yetarlicha. Makkiy o‘zining manoqibida Abu Hanifa ustozlarining nomlarini abjad harflari tartibida o‘n yettita sahifada keltirib o‘tgan. Ularning adadi uch mingta bo‘lib, mingtasi porlab turgan yulduz kabidirlar. Ibn Hajar Haytamiyning fikricha, uning tobein ustozlarining adadi to‘rt mingta atrofida bo‘lgan.[2] U zot juda ko‘p ustozlardan ilm o‘rgangan. Shulardan Kufalik ustozlarining ba’zilari quyidagilar:
Omir ibn Sharohil Sha’biy (vaf. 103 h.). Amiru-l-mo‘minin Umar roziyallohu anhu xalifaligining oltinchi yilida tavallud topgan. Sahobalardan besh yuztasi bilan uchrashgan.[3] Mashshur tarixchi Az Zahabiy aytadilar: U yod oluvchi imom, sinchkov fiqh, sobit va usta edi . Ibn Hajar al Asqaloniy aytdilar : «U ishonchli, taniqli va solih faqihdir.: Muhamad ibn Sirrin (u zotning quloqlari eshitmagan) « Men Kufaga borganimda , ash-Shabining davrasi juda katta edi va mazkur davrada sahobalar ko’p edi” deydilar.Abu Hanifa rohimatullohi alayhi ham mazkur sahobalarga dars bergan Omir Sha’biydan ilk ta’limlarini oladilar.