Chillada kiyilgan kiyim

06:36 / 28.02.2023 | Mohigul Mamadalieva | 370
Assalamu alaykum xurmatli Muslimaat.uz jamoasi,
menga uyni kattalari farzandingizga qirqi ichi ya'ni chillasi chiqgunicha kiydirgan kiyimlaringizni keyin kiydirsangiz bo'lmaydi deyishyapti. Nega bunday desam aniq javob aytishmadi, azaldan shunday qilinadi, bizlarga xam shunday o'rgatishgan bizlar xo'p deb aytganlarini qilganmiz nima uchun deb so'ramasdan deyishyapti.
Shunga dinimizda bunga doir biror bir xadis yoki bir sababi bormi bolani tug'ilganidan boshlab 40 kun ichida kiygan kiyimini kiyib bo'lmasligi xaqida?
Javobingiz uchun oldindan raxmat.
Allah sizlardan rozi bo'lsin.
«Билимсизликнинг шифоси» ҳайъати:

– Ва алайкум ассалом! Бундай гап йўқ динда. Бу шунчаки иримдир. Валлоҳу аълам!