Хайз

20:06 / 28-iyun | Afnan | 610
Assalamu alaykum oldindan raxmat
Men doim bir odat bilan hayz bo‘lmayman. 1 oyda 2 marta ham bo‘laveraman. Hayz kunlarim ham har xil ba'zida 5 kun ba‘zan 7 kun ba‘zan 10 kun ham bo‘ladi. so'ramoqchi bo‘lgan savolim shuki men hayz bo‘lganimga endi 9 kun bo‘layotgan edi yana qon kelib odatdagidek hayzga o'xshab kela boshladi. oxirgi kelgan hayzimdan oldin 32 kun pok yurgan edim keyin 7 kun qon deyarli ora sira keldi deyarli bir dirhamcha keldi holos qolgan vaqtlar vidileniyaga o‘xshash ammo jigarrang keldi odatda vidileniya menda yarim dirhamcha keladi hayz kunlarimda ham shuncha miqdorda keldi ammo jigarrang bo‘lib kelgandi shunga hayz bo‘libman deb namoz o‘qimay yuraverdim shundan keyin 9 kun o‘tar o'tmas gan qon kela boshladi ammo bu safar ya'ni hozir o‘zimni ko'proq hayz bo'lgandek his qilayabman chunki quvuq va belimda og‘riq bor rangi ham to'q. Ammo oradagi poklik 15 kun bo‘lmadi deb namoz o‘qib yuribman. oldin ham shunga o‘xshash holat bo'lgandi unda ham hayz qoniga o'xshab kelgandi ammo oradagi poklik 15 kun bo‘lmadi deb namoz o‘qib yurgandim keyin UZI ga borsak hayz ekan hozir degandi. Men nima qilishim kerak
«Билимсизликнинг шифоси» ҳайъати:

– Ва алайкум ассалом! Аввало шифокорга кўриниб буни нима эканини аниқланг. Шунга қараб ҳайз ёки истеҳозалигини ажратиб оласиз. Эслатиб ўтиш жоизки, ҳайзнинг ози 3 кун ва кўпи 10 кун. Икки ҳайзнинг ораси камида 15 кун бўлмоғи лозим. Шунга қараб аниқлик киритиб оласиз. Валлоҳу аълам!
Истеҳоза: https://muslimaat.uz/maqola/28407