Bolam cherkov haqida so’raydi

18:54 / 03.03.2022 | Shahnoza | 749

Assalomu alaykum muslimaat.uz jamoasi! Qizim 5 yoshda ,bogchasini atrofida 2 ta cherkov bor. Har kuni utgan qaytganda so’raydi bu qanaqa joy deb. Avvaliga bu yerga ruslar kiradi dedim. Keyinchalik bizam ruscha bilamizku kiraylik deb boshladi. Shunga qanday tushuntirsamki bolamda islom dini eng to’g’ri din va bundan tashqari boshqa din vakillari ham sig’inqdigan joy bor ammo u yerga biz kirmasligimiz kerakligini qanday tushuntirsam?!

Педагог:

–  Va alaykum assalom! Qizingizga internetdan islomiy multfilmlarn fleshkaga  ko'chirib televizorda ko'rsating va multfilm haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashing. Dinlar  tarixi haqida  bola yoshiga  mos ma'lumot bering. Masjidga  ham olib boring yoki hozir umra ziyorati  haqida juda ko'p ma'lumotlarni  topib farzandingizga islom dini haqida  tushuncha  berishingiz kerak. Kalimalarni,  ALLOHning 99 ismini, qisqa suralarni yodlating. MUSLIMAAT.UZ sayti orqali kichik yoshdagi bolalar bilan qilinayotgan suhbatlarni  namuna qilishingiz mumkin. So'ngra  cherkov  haqidagi ma'lumotlarni aytib tushuntirishingiz mumkin.