Savolimga javob olmadim.

15:33 / 15.06.2022 | Soliha | 375
Assalomu aleykum. Men avvalgi savolimda tahajjud namozinig aniq vaqyini soʻragan edim. Lekin siz izlash boʻlimidan foydalaning deb javob berdingiz. Men izlash bo’limidan savolimga javob topolmadim. Va yana shu savolni qayta bermoqchiman. Ya’ni soatda. Yoki saxarga turgach bomdod namoziga azon aytmasdan oʻqisa boʻladimi ? Javob uchun oldindan raxmat.☺️
«Билимсизликнинг шифоси» ҳайъати:

– Ва алайкум ассалом! Кеча кундузнинг вақти ўзгарувчан бўлса, қандай қилиб сизга аниқ вақтини айта оламан. Таҳажжуд вақти хуфтондан бомдодгача, шу оралиқнинг қайси қисмида бўлса ҳам ўқиш жоиз. Кечанинг охирги учдан бир қисмида бўлгани афзал. Валлоҳу аълам!