Gunohmi?

20:16 / 22.07.2022 | Soliha | 605
Assalomu aleykum . Biz avval maktabda o'g'il bola-qiz bola o'tirar edik . Sababi o'g'il bolalarni yaxshi oqitish uchun. Agar oʻgʻil bolalar bilan oʻtirsa , va u bilan faqat darsdagi mavzu haqida gaplashsa gunoh boʻladimi. Javob uchun oldindan raxmat.
«Билимсизликнинг шифоси» ҳайъати:

– Ва алайкум ассалом!  Фитна бўлмайдиган ҳолат ва масофада ўтириш керак. Дарс хусусида гаплашиш жоиз. Валлоҳу аълам!