Halol mahsulotlar

17:24 / 17.05.2023 | Yusupova Durdona | 197
Assalomu alaykum.Olloh ilmingizni ziyoda qilsin.Yeyayotgan luqmamiz fitratimizga tasir qilar,qilayotgan duolarimiz ijobati ham halol luqmaga bogliqligi muhim..Shu bois dinimizda halol qilinga harom qilingan moddalarni organib marketlarda obzor qilib blogerlik sohamni shu boyicha obormoqchi edim.Lekin Ustoz Mubashshir Ahmad yozgan postda bu fatvoga kirib qolishi fatvoni biolog ximik din ulamolari birlashib hal qilinishi kerakligini aytganlar.Bu ishni qachon qilishadi,ozim ham marketdan olayotgan tovarlarimga tarkibiga ahamiyat bermas edim,faqatgina goshtning halolligi muhim edi bu menda emas ozbek aholisini kopida shunday.Yaqinda sushki non oldim nonga harom mahsulot solmasa kerak deb uyga kelsam spirt qoshilgan ekan.Odamlarning kozini ochish kerak halol haromni tanisin tarkibida konyak qoshilgan shokoladni rosa istemol qilib yurgan ekanmiz.Hozirgi internet rivojlangan paytta axborot uzatish oson babirgYam bekorchi narsalar korib yotishibti.Ozbek vine soxasi bunga muhtoj biz esa bu borada ilmsizmiz.Iltimos shu masalada ilmsiz beetibor bizga xalqqa yordam bersangiz .Alloh sizlardan rozi bo’lsin.
Одинахон Муҳаммад Юсуф:

– Ва алайкум ассалом! Бу муҳим масала. Аллоҳ имкон берганича ҳаракат қиламиз.