Gilamning poklanishi
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu!
Men you tube tarmogʻida bir domlaning “bizning gilamlar namozga yaroqli emas” mazmundagi gaplarini eshitdim. Ya’ni gilamga najosat tekkach, bizning yuvish usullarimiz poklashga kifoya qilmas ekan. Poklash uchun bir kun ustidan suv oqizib qoʻyish kerakmi, bizning har xil vositalar yordamida yuvganimiz poklamaydimi?
Javob uchun tashakkur, Alloh ajringizni ziyoda qilsin!
«Билимсизликнинг шифоси» ҳайъати:
– Ва алайкум ассалом! Нажосат кетса бўлди. Бир кун сув оқиб туриши шарт эмас. Валлоҳу аълам!