АССАЛОМУ АЛЕЙКУМ МАНИ 4 ЙОШ ЖИЯНИМ БОР АЛХАМДУЛИЛЛАХ АЛХАМДУЛИЛЛАХ АЛХАМДУЛИЛЛАХ ЛЕКИН ЖУДА ИНЧИК ЙИГЛОРАДИ ЗЕРИКИБ КЕТАМАН ЙИГЛАШИДАН АРИЛАБ ЙИГЛОРАДИ МАН УЙЛЕМАН АПАМ КУП ХОМИЛАДОР ВАКТЛАРИДА СИКИЛИБ ЙИГЛАБ АСАБИЛАШКАНЛАР ВА КУП ЖИЯНИМ ТЕЛЕФОН КУРАДИ ЮТУБ КУРАДИ
– Va alaykum assalom, Albatta bola yig'lashiga turli sabablar bo'lishi mumkin. Sabab sog'ligi bilan bog'lliq emasligini tekshirish uchun eng avvalo doktorga olib borishni maslahat beraman.
Undan tashqari tarbiya uslublari ham bolaning yig'lab aytganini qildirishini odat qilishiga, o'zini hotirjam his qilmagani uchun injiq bo'lishiga sabab bo'ladi. Bunday bo'lmasligi uchun maslahatlar:
1. Bolani qo'rqitmaslik, jismoniy ozor bermaslik. Bu yoshda bolaga jazo tarbiya qilishga yordam bermaydi.
2. Bolaning kun tartibini tuzish va unga amal qilish. Bu bolaning juda charchab ketmasligi, och qolmasligiga yordam beradi. Shu sababli injiqlikni kamaytiradi
3. Oiladagi mumkin va mumkin bo'lmagan ishlarni aniqlab olish. Bu boladan jahl chiqqanda o'zingizni boshqarishga yordam beradi.
4.Mumkin bo'lmagan ishlarda qatiy yo'q deb tura olish va mumkin narsalarga yig'lashdan avval ruxsat berish. Bu yig'lab erishish odatini yo'qotishga yordam beradi.
Jismonan sog''lom bola injiqligini tarbiya uslubini o'zgartirib kamaytirish mumkin.